Asosiy qismga o'tish

Shu sahifaJava Pro

0to'g'ri javob
0takrorlash kerak
—aniqlik

Brand kit

java-pro.uz brendi uchun yagona manba. Saytdagi, ijtimoiy tarmoqdagi va bosma materiallardagi har qanday dizayn shu qoidalarga bo’ysunadi.

G’oya: murakkab mavzuni tushunib o’rganish — yodlab emas. Xarakter: aniq, sokin, ishonchli. Shior: Noldan sertifikatgacha.

  • Himoya maydoni: logotip atrofida kamida “J” harfi kengligicha bo’sh joy.
  • Minimal o’lcham: so’z belgisi — 64 px (ekran), 18 mm (bosma); belgi — 16 px.
  • Mumkin emas: cho’zish, burish, soya yoki gradient qo’shish, boshqa rangga bo’yash, shovqinli rasm ustiga qo’yish, boshqa shriftda qayta yozish.
Karbon#042F32Asosiy: logotip, tugma, katta panellar
Yalpiz#D6FFCBKarbon ustidagi urg’u, och yuzalar
Zangori#0F5E57 · tun #7EE0B8Havolalar, faol menyu
Java olovi#E07A0B · tun #F5A04ASignal — juda kam (3% dan oz)
Siyoh#12201FMatn
Qog’oz#FBFCFCOch fon
Tun#0D1817Tungi fon
Kulrang#5A6A68Ikkilamchi matn

Nisbat: qog’oz yoki tun ~70% · karbon va siyoh ~22% · yalpiz ~5% · olov 3% dan kam. Och fonda olov rangli matn uchun #B45309.

SARLAVHA · INTERFEYS

Space Grotesk

Sarlavhalar, menyu, tugmalar, katta raqamlar. 500 / 600.

DARS MATNI

Inter

Uzun o’qish uchun. 18 px / 1.7.

KOD

JetBrains Mono

Faqat kod va konsol.

YORLIQLAR

SPACE MONO

Teglar, kichik yorliqlar, raqamli belgi.

Hammasi bepul (SIL OFL) — Google Fonts yoki fontsource’dan yuklab olinadi.

Post uchun qoida: karbon fon, oq logotip, katta Space Grotesk sarlavha, yalpiz rangli izoh, bitta olov urg’usi. Har bir dars uchun havola kartasi (1200×630) avtomatik yasaladi — dars havolasini Telegram’ga tashlasangiz o’zi chiqadi.

IMTIHON TUZOG’I

switch’da break unutilsa nima chiqadi?

int x = 2;
switch (x) {
case 1: print(“1”);
case 2: print(“2”);
case 3: print(“3”);
default: print(“D”);
}

Javob — izohlarda 👇 · java-pro.uz

BILASIZMI?

String o’zgarmas. s.concat(“!”) yangi obyekt qaytaradi.

Natijani o’zgaruvchiga yozmasangiz — u yo’qoladi.

java-pro.uz · 3-modul

YANGI DARS

Initsializatsiya tartibi

static → bloklar → konstruktor. Animatsiyada qadamma-qadam.

java-pro.uz/darslar/05-oop

O’lchamlar: kvadrat post — 1080×1080, story — 1080×1920, havola kartasi — 1200×630.

  • Siz deb murojaat — hurmat bilan, rasmiyatchiliksiz.
  • Qisqa jumlalar, oddiy fe’llar. Tugma nima qilishini aytadi: “Darsni boshlash”, “Tekshirish”.
  • Java atamalari inglizcha qoladi, birinchi marta o’zbekcha izoh bilan: “heap (uyum)”.
  • Har bir texnik da’vo Java 21 da tekshiriladi. “Kompilyatsiya xatosi”mi yoki “runtime”mi — doim aniq.
Element Rang
Obyekt zangori (brend)
Qiymat ko’k
Havola binafsha
Ajratish, joriy qator olov
To’g’ri / xato yashil / qizil