switch pattern matching va record pattern
Qisqa javob: Java 21 da switch istalgan obyektni qabul qiladi va case da tur tekshiradi: case Integer i ->. Qo’shimcha shart — when. Tartib muhim: kengroq case torroqdan oldin tursa — kompilyatsiya xatosi (dominance). Pattern switch har doim barcha holatlarni qamrashi kerak — hatto statement bo’lsa ham. Record pattern obyektni darhol bo’laklarga ajratadi: case Nuqta(int x, int y) ->.
Hayotiy misol
“Hayotiy misol” bo'limiPochta saralash punkti: kelgan narsa xatmi — bitta qutiga, posilkami — boshqasiga; posilka 5 kg dan og’irmi — alohida (bu when). Saralovchi qoidalarni yuqoridan pastga o’qiydi va birinchi mos keladiganini tanlaydi. Agar ro’yxat boshida “har qanday jo’natma — 1-quti” deb yozilgan bo’lsa, pastdagi qoidalar hech qachon ishlamaydi — Java buni xato deb hisoblaydi.
Record pattern — posilkani ochmasdan, ustidagi yorliqdan “kimdan, kimga, necha kg” ni bir qarashda o’qib olish.
Tur bo’yicha case
“Tur bo’yicha case” bo'limistatic String tavsif(Object o) { return switch (o) { case null -> "null"; case Integer i when i > 10 -> "katta son " + i; case Integer i -> "son " + i; case String s -> "matn, uzunligi " + s.length(); default -> "boshqa"; };}// tavsif(5) → son 5// tavsif(50) → katta son 50// tavsif("abc") → matn, uzunligi 3// tavsif(2.5) → boshqa// tavsif(null) → nullcase Integer i—instanceof Integer ibilan bir xil: mos kelsa,ishu tarmoq ichida tayyor.when— guard (qo’riqchi shart). Tur mos kelsa ham,whenyolg’on bo’lsa — keyingicasega o’tiladi.- Selektor
intkabi primitiv bo’lsa, tur pattern’i ishlamaydi:int n; switch (n) { case Integer i -> ... }— kompilyatsiya xatosi. Selektor obyekt turi bo’lishi kerak.
null bilan ishlash
“null bilan ishlash” bo'limi| Kod | o = null bo’lganda |
|---|---|
case null yo’q |
NullPointerException — default ham ushlamaydi |
case null -> ... |
✅ shu tarmoq |
case null, default -> ... |
✅ null va boshqa hamma narsa bitta tarmoqda |
Dominance — tartib qoidasi
“Dominance — tartib qoidasi” bo'limiAgar oldingi case keyingisi mos keladigan hamma narsani ushlab qolsa, keyingisi hech qachon ishlamaydi. Java buni yashirin xato emas, kompilyatsiya xatosi deb biladi: this case label is dominated by a preceding case label.
| Tartib | Natija |
|---|---|
case String s → case CharSequence cs |
✅ tor → keng |
case CharSequence cs → case String s |
❌ String — CharSequence, hech qachon yetib kelmaydi |
case Integer i when i > 0 → case Integer i |
✅ guard’li → guard’siz |
case Integer i → case Integer i when i > 0 |
❌ guard’siz hamma Integer ni oladi |
default → case String s |
❌ default pattern’lardan keyin turishi kerak |
Qoida: tordan kengga, guard’lidan guard’sizga, default — oxirida.
Exhaustiveness — barcha holatlar qamralishi shart
“Exhaustiveness — barcha holatlar qamralishi shart” bo'limiKlassik int switch statement default siz bo’lishi mumkin edi. Pattern switch esa statement bo’lsa ham to’liq bo’lishi shart:
Object o = "x";switch (o) { case String s -> System.out.print(1);} // ❌ the switch statement does not cover all possible input valuesQamrab olish usullari:
defaultqo’shish.- Selektor turining o’zini oxirida yozish (
case Object x ->). sealedierarxiya — ruxsat etilgan barcha turlar sanab o’tilsa,defaultkerak emas:
sealed interface Shakl permits Doira, Kvadrat {}record Doira(double r) implements Shakl {}record Kvadrat(double t) implements Shakl {}
static double yuza(Shakl s) { return switch (s) { // default yo'q — va xato ham yo'q case Doira d -> Math.PI * d.r() * d.r(); case Kvadrat k -> k.t() * k.t(); };}Kompilyator Shakl faqat Doira yoki Kvadrat bo’lishi mumkinligini biladi. Ertaga Uchburchak qo’shilsa — bu switch kompilyatsiya bo’lmay qoladi va siz uni unutmaysiz. Bu sealed’ning asosiy foydasi.
Record pattern — bo’laklarga ajratish
“Record pattern — bo’laklarga ajratish” bo'limirecord Nuqta(int x, int y) {}
Object o = new Nuqta(3, 4);
if (o instanceof Nuqta(int x, int y)) { // tekshiruv + ajratish System.out.println(x + y); // 7}
String r = switch (o) { case Nuqta(var x, var y) when x == y -> "diagonalda"; case Nuqta(int x, int y) -> "nuqta " + x + "," + y; default -> "?";};Qoidalar:
- Komponentlar soni va tartibi record’dagidek:
Nuqta(int x)— kompilyatsiya xatosi (incorrect number of nested patterns). - Komponent turi mos bo’lishi kerak:
int xkomponentgalong xpattern — kompilyatsiya xatosi.var— har doim mos. - Komponent nomlari ixtiyoriy:
Nuqta(int a, int b)ham to’g’ri. - Butun record’ga nom berish (
Nuqta(int x, int y) n) Java 21 da yo’q — kompilyatsiya xatosi.
Ichma-ich (nested) pattern
“Ichma-ich (nested) pattern” bo'limirecord Kesma(Nuqta a, Nuqta b) {}
Object o = new Kesma(new Nuqta(0, 0), new Nuqta(2, 2));if (o instanceof Kesma(Nuqta(var x1, var y1), Nuqta(int x2, int y2))) { System.out.println((x2 - x1) * (y2 - y1)); // 4}Bitta qatorda: “bu Kesma mi? Ichidagi ikkala nuqtani ochib, to’rtta sonni ber.”
Klassik : uslubi bilan
“Klassik : uslubi bilan” bo'limiPattern’larni case X: uslubida ham yozish mumkin, lekin pattern’li case ga fallthrough bilan tushib bo’lmaydi: case Integer i: print("A"); case String s: ... — illegal fall-through to a pattern. Amalda pattern switch’ni doim -> bilan yozing.
Chuqurroq: Real loyihada — buyurtma holatlari
Fintech yoki do’kon tizimida to’lov natijasi ko’pincha shunday modellanadi:
sealed interface Tolov permits Muvaffaqiyat, Rad, Kutilmoqda {}record Muvaffaqiyat(String id, long tiyin) implements Tolov {}record Rad(String sabab) implements Tolov {}record Kutilmoqda() implements Tolov {}
String xabar = switch (tolov) { case Muvaffaqiyat(var id, var t) when t >= 100_000_00 -> "Katta to'lov, tekshiruvga: " + id; case Muvaffaqiyat(var id, var t) -> "To'landi: " + id; case Rad(var sabab) -> "Rad etildi: " + sabab; case Kutilmoqda k -> "Kutilmoqda";};Yangi holat (masalan Qaytarildi) qo’shilganda, uni qayta ishlamaydigan har bir switch kompilyatsiya xatosi beradi — production’da “unutilgan holat” xatosi bo’lmaydi.
📝 Mini-test
0 / 71. tavsif(-3) nima qaytaradi?
static String tavsif(Object o) { return switch (o) { case Integer i when i > 0 -> "musbat"; case Integer i -> "boshqa son"; case String s -> "matn"; default -> "?"; };}Tur mos (Integer), lekin guard yolg'on — keyingi case Integer i ga o'tiladi. Tartib to'g'ri: guard'li guard'sizdan oldin.
2. Natija qanday?
Object o = "java";switch (o) { case CharSequence cs -> System.out.print("CS"); case String s -> System.out.print("S"); default -> System.out.print("D");}String — CharSequence. case String s ga hech qachon yetib bo'lmaydi: this case label is dominated by a preceding case label.
3. Kod nima chiqaradi?
Object o = null;switch (o) { case String s -> System.out.print("S"); default -> System.out.print("D");}case null yo'q — default null'ni ushlamaydi. Runtime'da NPE.
4. Qaysi switch kompilyatsiya bo'ladi?
sealed interface S permits A, B {}record A() implements S {}record B() implements S {}S s = new A();Sealed'ning barcha turlari sanalgan — default shart emas. 1 va 3 da B qamralmagan (pattern statement ham to'liq bo'lishi kerak). 4 da default pattern'dan oldin — dominance xatosi.
5. Kod nima chiqaradi?
record Nuqta(int x, int y) {}Object o = new Nuqta(2, 2);String r = switch (o) { case Nuqta(var x, var y) when x == y -> "diagonal"; case Nuqta(int x, int y) -> "nuqta"; default -> "?";};System.out.println(r);Record pattern x=2, y=2 ni ajratadi, guard rost — birinchi tarmoq.
6. Qaysi ikkitasi kompilyatsiya xatosi beradi? record Nuqta(int x, int y) {}, Object o. (Choose two) (2 ta javobni tanlang)
Komponentlar soni 2 bo'lishi kerak; int komponentga long pattern mos emas. var, boshqa nomlar, && bilan davom ettirish va oddiy tur pattern — to'g'ri.
7. Natija qanday?
Integer n = 5;String r = switch (n) { case Integer i when i > 0 -> "musbat"; case Integer i when i <= 0 -> "manfiy yoki nol";};Kompilyator when ichini tahlil qilmaydi — guard'li case'lar exhaustiveness'ga hisoblanmaydi. Oxirgisini guard'siz case Integer i qiling.
Konspekt
“Konspekt” bo'limicase Tur t ->— tur tekshiruvi + o’zgaruvchi; selektor obyekt bo’lishi kerak (primitiv emas)when— qo’shimcha shart; yolg’on bo’lsa keyingicaseganullfaqatcase null(yokicase null, default) bilan; aks holda NPE- Dominance: tordan kengga, guard’lidan guard’sizga,
defaultoxirida — buzilsa kompilyatsiya xatosi - Pattern switch statement ham exhaustive; guard’lar hisoblanmaydi;
sealed+ barcha turlar →defaultkerak emas - Record pattern: komponentlar soni va turi mos (
vardoim mos), nomlar ixtiyoriy, ichma-ich bo’lishi mumkin - Pattern
casega fallthrough — xato; amalda->ishlating
Mashqlar
“Mashqlar” bo'limi1. Tartiblang. Quyidagi case larni kompilyatsiya bo’ladigan tartibda joylashtiring: default, case Number n, case Integer i when i > 100, case Integer i, case null.
2. Yozing. Object qabul qilib, quyidagini qaytaradigan switch ifoda: String bo’sh bo’lsa — "bo'sh matn", aks holda — "matn"; Integer juft bo’lsa — "juft", toq — "toq"; null — "yo'q"; qolgani — "noma'lum".
3. Sealed bilan. sealed interface Hayvon permits Mushuk, It, Baliq va uchta record yarating. ovoz(Hayvon h) switch ifodasini default siz yozing. Keyin Tovuq qo’shib, kompilyator qayerda xato berishini kuzating.
Keyingi dars: Sikllar.