Math va BigDecimal
Qisqa javob: Math — tayyor matematik metodlar to’plami: yaxlitlash, daraja, ildiz, eng katta/kichik. double esa tez, lekin o’nlik kasrlarni har doim ham aniq saqlay olmaydi. Pul kabi aniq hisob kerak bo’lsa — BigDecimal ishlatiladi.
Hayotiy misol
“Hayotiy misol” bo'limidouble — kalkulyator ekrani: juda tez, lekin 1/3 ni 0.3333333 deb ko’rsatadi va qolganini “yutib yuboradi”. BigDecimal — buxgalterning daftari: sekinroq, lekin har bir tiyin joyida turadi va yaxlitlashni qachon va qanday qilishni o’zingiz belgilaysiz.
Math — eng kerakli metodlar
“Math — eng kerakli metodlar” bo'limi| Metod | Misol | Natija | Qaytaradi |
|---|---|---|---|
max, min |
Math.max(3, 7) |
7 |
argument turi |
abs |
Math.abs(-5) |
5 |
argument turi |
pow(a, b) |
Math.pow(2, 10) |
1024.0 |
double |
sqrt, cbrt |
Math.sqrt(16) |
4.0 |
double |
ceil |
Math.ceil(2.1) |
3.0 |
double — yuqoriga |
floor |
Math.floor(-2.1) |
-3.0 |
double — pastga |
round |
Math.round(2.5) |
3 |
long (float uchun int) |
random() |
0.0 ≤ x < 1.0 |
double |
|
floorDiv, floorMod |
Math.floorDiv(-7, 2) |
-4 |
pastga yaxlitlab bo’lish |
clamp(v, min, max) (21) |
Math.clamp(15, 0, 10) |
10 |
qiymatni oraliqqa “qisadi” |
addExact, multiplyExact |
Math.addExact(Integer.MAX_VALUE, 1) |
ArithmeticException |
overflow’da xato beradi |
Math.max(1, 2L) — long qaytaradi (2), uni int ga yozib bo’lmaydi. Argumentlar umumiy turga keltiriladi — tur ko’tarilishi kabi.
Nega double aniq emas?
“Nega double aniq emas?” bo'limiKompyuter sonlarni ikkilik sanoqda saqlaydi. 1/3 ni o’nlikda oxirigacha yozib bo’lmaganidek, 0.1 ni ham ikkilikda oxirigacha yozib bo’lmaydi — u cheksiz kasr. double uni 64 bitga sig’adigan eng yaqin songa yaxlitlaydi.
System.out.println(0.1 + 0.2); // 0.30000000000000004System.out.println(0.1 + 0.2 == 0.3); // falseSystem.out.println(1.1 * 3); // 3.3000000000000003Bu Java’ning xatosi emas — IEEE 754 standarti, deyarli hamma dasturlash tillarida shunday. Ilmiy hisob-kitoblarda bu kichik farq muhim emas. Lekin pulda bitta tiyin ham yo’qolmasligi kerak.
BigDecimal — aniq o’nlik son
“BigDecimal — aniq o’nlik son” bo'limiimport java.math.BigDecimal;
BigDecimal narx = new BigDecimal("0.1");BigDecimal soliq = new BigDecimal("0.2");System.out.println(narx.add(soliq)); // 0.3 — aniqAnimatsiyada: uchta muhim narsa
“Animatsiyada: uchta muhim narsa” bo'limiOson — BigDecimal o’zgarmas, O’rta — double dan yaratishning xavfi, Imtihon — equals va compareTo farqi.
Yaratish
“Yaratish” bo'limi| Yozuv | Natija | Baho |
|---|---|---|
new BigDecimal("0.1") |
0.1 |
✅ eng yaxshisi |
BigDecimal.valueOf(0.1) |
0.1 |
✅ double dan kerak bo’lsa |
BigDecimal.valueOf(10) |
10 |
✅ butun sondan |
new BigDecimal(0.1) |
0.1000000000000000055511151231257827… |
❌ double xatosi ko’chadi |
BigDecimal b = 5; |
kompilyatsiya xatosi | ❌ autoboxing yo’q |
Tayyor konstantalar: BigDecimal.ZERO, BigDecimal.ONE, BigDecimal.TEN.
Amallar — operator emas, metod
“Amallar — operator emas, metod” bo'limiBigDecimal — obyekt, shuning uchun +, -, *, / ishlamaydi (kompilyatsiya xatosi). Har bir amal — metod va u yangi obyekt qaytaradi:
BigDecimal a = new BigDecimal("1.50");BigDecimal b = new BigDecimal("3");
a.add(b); // 4.50a.subtract(b); // -1.50a.multiply(b); // 4.50a.negate(); // -1.50a.abs(); // 1.50Bo’lish va yaxlitlash
“Bo’lish va yaxlitlash” bo'liminew BigDecimal("10").divide(new BigDecimal("4")); // 2.5 — aniq natija bornew BigDecimal("10").divide(new BigDecimal("3")); // ArithmeticException!new BigDecimal("10").divide(new BigDecimal("3"), 2, RoundingMode.HALF_UP); // 3.33setScale(n, RoundingMode) — kasr xonalari sonini o’zgartiradi:
| RoundingMode | 2.345 → 2 xona |
2.355 → 2 xona |
Izoh |
|---|---|---|---|
HALF_UP |
2.35 |
2.36 |
maktabdagi qoida: .5 — yuqoriga |
HALF_EVEN |
2.34 |
2.36 |
.5 da juft raqamga — “bank yaxlitlashi” |
DOWN |
2.34 |
2.35 |
shunchaki kesadi |
UP |
2.35 |
2.36 |
doim noldan uzoqqa |
new BigDecimal("2.345").setScale(2) — RoundingMode siz va yaxlitlash kerak bo’lsa — ArithmeticException: Rounding necessary.
Solishtirish: compareTo, equals emas
“Solishtirish: compareTo, equals emas” bo'limiBigDecimal x = new BigDecimal("2.0");BigDecimal y = new BigDecimal("2.00");x.equals(y); // false — scale har xil (1 va 2)x.compareTo(y); // 0 — qiymatlar tengPul va narxlarni solishtirishda doim compareTo(...) == 0 (yoki < 0, > 0). equals faqat “aynan bir xil yozilganmi?” degan savolga javob beradi. stripTrailingZeros() ortiqcha nollarni olib tashlaydi: 2.00 → 2.
📝 Mini-test
0 / 61. Kod nima chiqaradi?
BigDecimal total = new BigDecimal("10.00");total.add(new BigDecimal("5.50"));System.out.println(total);BigDecimal immutable: add natijasi tashlab yuborildi, total o'zgarmadi. Scale saqlanadi: 10.00.
2. Kod natijasi qanday?
BigDecimal r = new BigDecimal("1").divide(new BigDecimal("3"));System.out.println(r);1/3 cheksiz kasr. Scale va RoundingMode berilmagan — runtime'da ArithmeticException.
3. Kod nima chiqaradi?
BigDecimal a = new BigDecimal("3.0");BigDecimal b = new BigDecimal("3.00");System.out.println(a.equals(b) + " " + (a.compareTo(b) == 0));equals scale'ni ham solishtiradi (1 va 2) — false. compareTo faqat qiymatni — teng.
4. Kod nima chiqaradi?
System.out.println(Math.round(-3.5) + " " + Math.ceil(-3.5) + " " + Math.floor(-3.5));round teng masofada musbat tomonga: −3. ceil — yuqoriga: −3.0. floor — pastga: −4.0.
5. Qaysi ikkitasi kompilyatsiya bo'ladi? (Choose two) (2 ta javobni tanlang)
BigDecimal uchun autoboxing va operatorlar yo'q. Math.round(double) long qaytaradi.
6. Kod nima chiqaradi?
BigDecimal p = new BigDecimal("2.675");System.out.println(p.setScale(2, RoundingMode.HALF_EVEN) + " " + p.setScale(2, RoundingMode.HALF_UP));Kesiladigan qism aynan .5. HALF_EVEN juft raqamga yaxlitlaydi: 7 toq, shuning uchun 8 ga — 2.68. HALF_UP ham 2.68.
Konspekt
“Konspekt” bo'limiMath:pow,sqrt,ceil,floor→double;round(double)→long,.5musbat tomongafloorDiv/floorMod— pastga yaxlitlab;clamp(21) — oraliqqa qisish;addExact— overflow’da xatodoubleikkilikda saqlanadi:0.1 + 0.2 != 0.3BigDecimal:new BigDecimal("0.1")yokivalueOf(0.1);new BigDecimal(0.1)— xato- Immutable:
a = a.add(b); operatorlar ishlamaydi dividecheksiz kasrda —ArithmeticException;divide(x, scale, RoundingMode)equals— qiymat + scale;compareTo— faqat qiymat
Mashqlar
“Mashqlar” bo'limi1. Chegirma. narx = 129 990.00 so’m, chegirma 15%. Chegirmali narxni BigDecimal da hisoblang va 2 xonaga HALF_UP bilan yaxlitlang.
Yechim
BigDecimal narx = new BigDecimal("129990.00");BigDecimal foiz = new BigDecimal("0.15");BigDecimal yangi = narx.subtract(narx.multiply(foiz)) .setScale(2, RoundingMode.HALF_UP);System.out.println(yangi); // 110491.502. Uchga bo’lish. 100 000 so’mni 3 kishiga bo’ling: har biriga 2 xonali summa, qolgan tiyinlar birinchi kishiga qo’shilsin (jami 100 000.00 bo’lishi shart).
Yechim
BigDecimal jami = new BigDecimal("100000.00");BigDecimal uch = new BigDecimal("3");BigDecimal ulush = jami.divide(uch, 2, RoundingMode.DOWN); // 33333.33BigDecimal qoldiq = jami.subtract(ulush.multiply(uch)); // 0.01BigDecimal birinchi = ulush.add(qoldiq); // 33333.34System.out.println(birinchi + " " + ulush + " " + ulush);DOWN bilan bo’lib, qoldiqni alohida hisoblash — pul bo’lishning ishonchli usuli: hech qanday tiyin yo’qolmaydi.
Oldingi dars: Text block