switch: statement, expression va yield
Qisqa javob: switch qiymatni bir marta hisoblab, mos case ga sakraydi. Eski case X: uslubida break bo’lmasa, pastdagi case lar ham bajariladi (fallthrough). Java 14+ dagi case X -> uslubida fallthrough yo’q. switch ifoda sifatida qiymat qaytarishi mumkin — blok ichidan qiymat yield bilan beriladi.
Hayotiy misol
“Hayotiy misol” bo'limiLift tugmalari: 5-qavat tugmasini bossangiz, lift 1, 2, 3, 4 ni tekshirmasdan to’g’ri 5 ga boradi. Bu switch — if/else zanjiridan farqi shu.
Eski case: — ko’p qavatli avtoturargoh rampasi: 3-qavatga kirdingizmi, to’xtash belgisi (break) bo’lmasa, pastga qarab hamma qavatlardan o’tib ketaverasiz. Yangi case -> — har bir qavat alohida xona: kirdingiz, ishingizni qildingiz, chiqdingiz.
Ko’rib chiqamiz
“Ko’rib chiqamiz” bo'limiOson — break bilan oddiy switch, O’rta — break siz fallthrough, Imtihon — default eng tepada.
Klassik switch: case X:
“Klassik switch: case X:” bo'limiint kun = 6;switch (kun) { case 1: case 2: case 3: case 4: case 5: System.out.println("Ish kuni"); break; case 6, 7: // 14+: bir case da bir nechta qiymat System.out.println("Dam olish"); break; default: System.out.println("Bunday kun yo'q");}- Mos
casetopilsa — o’sha joydan boshlab pastgabreakgacha (yoki switch oxirigacha) bajariladi. - Mos
caseyo’q —defaultdan boshlanadi.defaultham yo’q — hech narsa bajarilmaydi. defaultistalgan joyda turishi mumkin; u faqat hech bircasemos kelmaganda tanlanadi.
Strelkali case: case X -> (14+)
“Strelkali case: case X -> (14+)” bo'limiint x = 2;switch (x) { case 1 -> System.out.print("1"); case 2 -> System.out.print("2"); // faqat shu case 3 -> System.out.print("3"); default -> System.out.print("D");}// natija: 2- Fallthrough yo’q —
breakkerak emas. ->dan keyin: bitta ifoda,{ blok }yokithrow.- Bitta switch ichida
:va->ni aralashtirib bo’lmaydi — kompilyatsiya xatosi (different case kinds used in the switch).
switch expression — qiymat qaytaradi
“switch expression — qiymat qaytaradi” bo'limiString kun = "SHANBA";String tur = switch (kun) { case "SHANBA", "YAKSHANBA" -> "dam"; default -> "ish";}; // ← nuqta-vergul shart!System.out.println(tur); // damSwitch ifoda — int d = 5 + 3; kabi qiymat. Shuning uchun:
- Oxirida
;majburiy (};). - Har qanday kirish uchun qiymat bo’lishi kerak — barcha holatlar qamralgan (exhaustive).
intuchun bu amaldadefaultdegani;enumuchun barcha konstantalar yozilsadefaultshart emas. - Har bir tarmoq qiymat berishi yoki
throwqilishi kerak.
yield — blokdan qiymat berish
“yield — blokdan qiymat berish” bo'limiint oy = 2;int kunlar = switch (oy) { case 2 -> { boolean kabisa = false; yield kabisa ? 29 : 28; // blokdan qiymat } case 4, 6, 9, 11 -> 30; default -> 31;};System.out.println(kunlar); // 28yield — “switch ifodasining qiymati shu”. return emas: return metoddan chiqadi va switch ifoda ichida ishlatib bo’lmaydi.
Klassik : uslubida ham switch ifoda yozish mumkin — u yerda qiymat faqat yield bilan beriladi va fallthrough saqlanadi:
int x = 3;String r = switch (x) { case 1: yield "bir"; case 3: System.out.print("!"); // yield yo'q — pastga default: yield "ko'p";};System.out.println(r); // !ko'pSelektor turi va case yorliqlari
“Selektor turi va case yorliqlari” bo'limi| Selektor turi | Ruxsat |
|---|---|
byte, short, char, int va ularning wrapper’lari |
✅ |
String, enum |
✅ |
| Istalgan obyekt turi (pattern bilan, Java 21) | ✅ — keyingi dars |
long, float, double, boolean |
❌ kompilyatsiya xatosi |
case yorlig’i qoidalari (pattern bo’lmagan switch uchun):
| Yorliq | Natija |
|---|---|
case 1: , case 'a': , case "SHANBA": |
✅ literal |
final int MAX = 3; keyin case MAX: |
✅ kompilyatsiya vaqtidagi konstanta |
int n = 3; keyin case n: |
❌ konstanta emas |
| Bir xil qiymat ikki marta | ❌ duplicate case label |
byte b selektor, case 200: |
❌ 200 byte ga sig’maydi |
char c selektor, case 97: |
✅ 97 = 'a' |
enum selektor, case QIZIL: yoki case Rang.QIZIL: |
✅ (malakali nom Java 21 da ruxsat) |
Stringswitchequals()bilan solishtiradi va katta-kichik harfni farqlaydi:"a"case "A"ga mos emas.- Selektor
nullbo’lsa vacase nullyo’q — NullPointerException (runtime). Java 21 dacase null ->yozish mumkin.
Chuqurroq: switch nega if/else zanjiridan tezroq bo’lishi mumkin?
case qiymatlari zich bo’lsa (1, 2, 3, 4…), kompilyator tableswitch bytecode buyrug’ini yaratadi — qiymat jadvaldagi indeks sifatida ishlatiladi va kerakli joyga bir qadamda sakraladi. Siyrak qiymatlar uchun lookupswitch — tartiblangan jadvalda ikkilik qidiruv. String switch avval hashCode() bo’yicha sakraydi, keyin equals() bilan tekshiradi. Shuning uchun case yorliqlari kompilyatsiya vaqtida ma’lum bo’lishi shart — jadval oldindan quriladi.
📝 Mini-test
0 / 81. Kod nima chiqaradi?
int x = 2;switch (x) { case 1: System.out.print("1"); case 2: System.out.print("2"); case 3: System.out.print("3"); break; default: System.out.print("D");}case 2 dan kirib, break gacha yuriladi: 2, keyin 3, break — chiqish. default bajarilmaydi.
2. Kod nima chiqaradi?
int y = 5;switch (y) { default: System.out.print("D"); case 1: System.out.print("1"); break; case 2: System.out.print("2");}Mos case yo'q — default dan kiriladi (tepada bo'lsa ham). break yo'q — case 1 ham bajariladi, keyin break.
3. Natija qanday?
int x = 2;int r = switch (x) { case 1 -> 10; case 2 -> { System.out.print("A"); } default -> 0;};Switch ifodaning har bir tarmog'i qiymat berishi kerak. case 2 bloki yield siz — switch rule completes without providing a value.
4. Kod nima chiqaradi?
int x = 3;String r = switch (x) { case 1: yield "bir"; case 3: System.out.print("!"); default: yield "ko'p";};System.out.println(r);: uslubidagi switch ifodada ham fallthrough bor. case 3 da yield yo'q — default ga o'tadi va "ko'p" qaytaradi.
5. Qaysi ikkita selektor turi kompilyatsiya bo'lmaydi? (Choose two) (2 ta javobni tanlang)
long, float, double, boolean — klassik switch selektori bo'la olmaydi. char, String, wrapper Integer — ruxsat.
6. Qaysi qator kompilyatsiya xatosi beradi?
final int A = 1;int b = 2;switch (3) { case A: break; // 1 case 3: break; // 2 case b: break; // 3 case 4, 5: break; // 4}b — oddiy o'zgaruvchi, kompilyatsiya vaqtidagi konstanta emas. final int A = 1 — konstanta. case 4, 5: Java 14+ da to'g'ri.
7. Kod nima chiqaradi?
String s = "a";switch (s) { case "A" -> System.out.print("katta"); case "a" -> System.out.print("kichik"); default -> System.out.print("?");}System.out.print("!");String switch equals() bilan, harf farqini hisobga oladi. Strelkali case'da fallthrough yo'q — faqat kichik, keyin !.
8. Kod nima chiqaradi?
String s = null;switch (s) { case "a": System.out.print("A"); break; default: System.out.print("D");}case null bo'lmasa, null selektor default ga bormaydi — runtime'da NPE. Java 21 da case null -> qo'shib bu holatni ushlash mumkin.
Konspekt
“Konspekt” bo'limi- Selektor bir marta hisoblanadi; mos
casega sakraladi, yo’q bo’lsa —default(qayerda turishidan qat’i nazar) case X:—breakgacha pastga yuradi (fallthrough);case X ->— fallthrough yo’q:va->bitta switch’da aralashmaydi- Switch ifoda: oxirida
;, exhaustive bo’lishi shart, har tarmoq qiymat yokithrow - Blokdan qiymat —
yield(returnemas); statement ichidayield— xato - Selektor:
intva kichikroq butun turlar, wrapper’lar,String,enum;long/float/double/boolean— ❌ caseyorlig’i — kompilyatsiya vaqtidagi konstanta, takrorlanmaydi, turga sig’adinullselektor +case nullyo’q → NPE
Mashqlar
“Mashqlar” bo'limi1. Bashorat qiling. x 1, 2, 3 va 9 bo’lganda nima chiqadi?
switch (x) { case 1: System.out.print("A"); case 2: System.out.print("B"); break; default: System.out.print("C"); case 3: System.out.print("D");}2. Qayta yozing. Mashq 1 dagi kodni strelkali switch’ga o’tkazing, natijalar bir xil qolsin. (Maslahat: fallthrough endi yo’q — har bir tarmoqqa to’liq matnni yozing.)
3. Yozing. int ball (0–100) bo’yicha char baho qaytaradigan switch ifoda yozing: 86+ → 'A', 71+ → 'B', 56+ → 'C', qolgani → 'F'. Maslahat: ball / 10 ni selektor qiling va bir case’da bir nechta qiymat ishlating; 86–89 uchun blok va yield kerak bo’ladi.
Keyingi dars: switch pattern matching.