Java qanday ishlaydi
Qisqa javob: siz .java faylga kod yozasiz, javac uni bytecodega (.class fayl) aylantiradi, so’ng JVM shu bytecode’ni istalgan operatsion tizimda ishga tushiradi. “Bir marta yoz — hamma joyda ishlat” (Write Once, Run Anywhere) shundan kelib chiqadi.
Hayotiy misol
“Hayotiy misol” bo'limiTasavvur qiling, siz kitobni o’zbekcha yozdingiz (bu — source code). Kitobni har bir davlat uchun alohida tarjima qilish o’rniga, uni bitta universal tilga o’girasiz (bu — bytecode). Har bir davlatda shu universal tilni biladigan tarjimon o’tiradi (bu — JVM). Natijada kitob bir marta tarjima qilinadi, lekin hamma joyda o’qiladi.
Qadamma-qadam: koddan ishga tushishgacha
“Qadamma-qadam: koddan ishga tushishgacha” bo'limiPastdagi “Keyingi ▶” tugmasini bosing.
1Siz Main.java fayliga oddiy matn ko'rinishida kod yozasiz. Bu — source code, uni kompyuter to'g'ridan-to'g'ri tushunmaydi.
2javac Main.java buyrug'i kodni tekshiradi (sintaksis, turlar) va Main.class faylini yaratadi. Ichida bytecode — JVM uchun mo'ljallangan, platformaga bog'liq bo'lmagan buyruqlar.
3java Main buyrug'i JVM'ni ishga tushiradi. ClassLoader Main.class ni topib, xotiraga yuklaydi.
4Bytecode Verifier kod xavfsiz va to'g'ri ekanini tekshiradi. So'ng Interpreter bytecode'ni bajaradi, ko'p ishlatiladigan joylarni esa JIT kompilyator mashina kodiga aylantirib tezlashtiradi.
5Bitta .class fayl Windows, Linux va macOS'da bir xil ishlaydi. Faqat JVM'ning o'zi har bir OS uchun alohida bo'ladi.
JDK, JRE, JVM — farqi nima?
“JDK, JRE, JVM — farqi nima?” bo'limi| Nima | Ichida | |
|---|---|---|
| JVM (Java Virtual Machine) | Bytecode’ni bajaradigan “virtual kompyuter” | ClassLoader, Verifier, Interpreter, JIT, Garbage Collector |
| JRE (Java Runtime Environment) | Dasturni ishga tushirish uchun kerak bo’lgan muhit | JVM + standart kutubxonalar (java.lang, java.util…) |
| JDK (Java Development Kit) | Dastur yozish uchun to’plam | JRE + javac, java, jar, javadoc, jshell, jdeps, jlink… |
Birinchi dastur
“Birinchi dastur” bo'limipublic class Main { public static void main(String[] args) { System.out.println("Salom, Java!"); }}javac Main.java # Main.class yaratiladijava Main # .class qo'shimchasisiz — faqat klass nomi!java Main.java # xotirada kompilyatsiya qilib, darhol ishga tushiradi.class fayl yaratilmaydi.
main metodi — dasturning kirish nuqtasi
“main metodi — dasturning kirish nuqtasi” bo'limiJVM dasturni aynan shu imzoli metoddan boshlaydi:
public static void main(String[] args)| Yozuv | Ishlaydimi? | Nega |
|---|---|---|
public static void main(String[] args) |
✅ | Standart |
public static void main(String args[]) |
✅ | Massivni C uslubida e’lon qilish ham to’g’ri |
public static void main(String... args) |
✅ | varargs — aslida ham String[] |
static public void main(String[] x) |
✅ | Modifierlar tartibi muhim emas, parametr nomi ixtiyoriy |
public static final void main(String[] args) |
✅ | final qo’shish mumkin |
public void main(String[] args) |
❌ | static yo’q* |
public static int main(String[] args) |
❌ | void bo’lishi shart |
public static void main(String args) |
❌ | Parametr String[] bo’lishi shart |
public static void Main(String[] args) |
❌ | Java katta-kichik harfni farqlaydi: Main ≠ main |
Buyruq qatori argumentlari (args)
“Buyruq qatori argumentlari (args)” bo'limipublic class Salom { public static void main(String[] args) { System.out.println(args.length); System.out.println(args[0]); }}java Salom.java Ali "Vali G'ani" 7# 3# Ali- Argumentlar probel bilan ajratiladi, qo’shtirnoq ichidagi matn — bitta argument.
- Hamma argument
Stringbo’ladi:7ham"7"sifatida keladi. - Argument berilmasa,
argsnullemas, balki bo’sh massiv (args.length == 0).
Fayl va klass nomi qoidalari
“Fayl va klass nomi qoidalari” bo'limi- Bitta
.javafaylda ko’pi bilan bittapublictop-level klass bo’lishi mumkin. - Agar
publicklass bo’lsa, fayl nomi aynan uning nomi bilan bir xil bo’lishi kerak:public class Cat→Cat.java. publicbo’lmagan klasslar istalgan nomli faylda tura oladi. Har bir klass uchun alohida.classfayl yaratiladi.- Fayldagi tartib:
package(bo’lsa, birinchi) →importlar → klasslar. Izohlar istalgan joyda bo’lishi mumkin. java.langpaketi (String,System,Math…) avtomatik import qilinadi.
Bitta fayl rejimi — batafsil (11+)
“Bitta fayl rejimi — batafsil (11+)” bo'limijava Main.java qilinganda:
- kod xotirada kompilyatsiya qilinadi, diskka
.classyozilmaydi; - fayldagi birinchi top-level klass ishga tushiriladi va unda
mainbo’lishi shart; - fayl nomi klass nomiga mos kelishi shart emas;
- bu rejim faqat bitta fayl uchun (Java 21 da boshqa
.javafayllarni ko’rmaydi).
JVM ichida nima bo’ladi?
“JVM ichida nima bo’ladi?” bo'limi- ClassLoader —
.classfayllarni kerak bo’lganda yuklaydi (hammasini birdaniga emas). - Bytecode Verifier — buzilgan yoki xavfli bytecode’ni bajarishga yo’l qo’ymaydi.
- Interpreter — bytecode’ni buyruqma-buyruq bajaradi.
- JIT (Just-In-Time) kompilyator — tez-tez ishlaydigan (“issiq”) kodni mashina kodiga aylantiradi. Shuning uchun Java dasturi ishlagan sari tezlashadi.
- Garbage Collector — kerak bo’lmay qolgan obyektlarni xotiradan tozalaydi. Bu keyingi modul mavzusi: Xotira: Stack, Heap, GC.
Chuqurroq: ClassLoader — klasslar kim tomonidan yuklanadi?
Bitta emas, uchta ClassLoader bor va ular zanjir bo’lib ishlaydi:
| ClassLoader | Nimani yuklaydi | Misol |
|---|---|---|
| Bootstrap | Java’ning eng asosiy klasslari | String, Object, System |
| Platform | Qolgan standart modullar | java.sql.Connection |
| Application (app) | Sizning klasslaringiz va kutubxonalar (classpath) | Main, UserService |
Ish tartibi — “avval otamdan so’rayman” (parent delegation): app loader klassni o’zi qidirishdan oldin platform’dan, u esa bootstrap’dan so’raydi. Shuning uchun o’zingiz java.lang.String degan klass yozsangiz ham, JVM baribir asl String ni ishlatadi — bu xavfsizlik uchun muhim.
System.out.println(String.class.getClassLoader()); // null — bootstrap (Java'ning ichida, obyekti yo'q)ClassLoader c = Main.class.getClassLoader();System.out.println(c.getName() + " -> " + c.getParent().getName()); // app -> platformKlasslar kerak bo’lganda yuklanadi: Main ichida Report klassi faqat bir marta, birinchi ishlatilganda yuklanadi. Shu paytda uning static bloklari ishlaydi (5-modul, OOP).
Chuqurroq: Bytecode Verifier — nimani tekshiradi?
.class fayl qo’lda yoki boshqa vosita bilan buzilgan bo’lishi mumkin. Verifier bajarishdan oldin tekshiradi:
- har bir buyruq to’g’ri turdagi qiymat bilan ishlaydimi (masalan,
intni obyekt deb ishlatmaydimi); gotolar metod ichida qoladimi, stack to’lib-toshmaydimi;privatemaydonlarga ruxsatsiz murojaat yo’qmi.
Oddiy javac bilan kompilyatsiya qilingan kod deyarli har doim tekshiruvdan o’tadi — verifier asosan begona (internetdan kelgan, o’zgartirilgan) bytecode’dan himoya qiladi. Tekshiruvdan o’tmasa — VerifyError.
Chuqurroq: Interpreter va JIT — Java nega “isinib” tezlashadi?
- Interpreter bytecode’ni darhol, buyruqma-buyruq bajaradi. Tez boshlanadi, lekin sekin ishlaydi.
- JVM har bir metod necha marta chaqirilganini sanaydi. Ko’p chaqiriladigan (“issiq”) metodni JIT mashina kodiga kompilyatsiya qiladi — keyingi chaqiruvlar ancha tez.
- Zamonaviy JVM’da ikki bosqich bor (tiered compilation): avval tez, oddiy kompilyator (C1), metod juda issiq bo’lsa — kuchli optimizatsiya qiluvchi (C2).
Hayotiy o’xshatish: yangi ishga kelgan xodim avval har bir topshiriqni yo’riqnomadan o’qib bajaradi (interpreter). Bir xil ishni yuz marta qilgach, uni yoddan, tez bajaradi (JIT). Shuning uchun serverlar ishga tushgandan keyingi dastlabki daqiqalarda sekinroq ishlaydi — buni warm-up deyishadi.
📝 Mini-test
0 / 71. Hello.java faylida quyidagi kod bor. java Hello.java one "two three" buyrug'i nima chiqaradi?
public class Hello { public static void main(String[] args) { System.out.println(args.length); }}Qo'shtirnoq ichidagi "two three" — bitta argument. Demak args = ["one", "two three"], uzunligi 2.
2. Quyidagilardan qaysilari dasturning to'g'ri kirish nuqtasi bo'la oladi? (2 ta javobni tanlang)
varargs (String...) aslida String[]. Modifierlar tartibi (static public) muhim emas. staticsiz, int qaytaradigan yoki String qabul qiladigan metod kirish nuqtasi bo'lmaydi.
3. javac Test.java muvaffaqiyatli bajarildi. Dasturni qaysi buyruq ishga tushiradi?
java buyrug'iga klass nomi beriladi, .class qo'shimchasisiz. java Test.class — Could not find or load main class xatosini beradi.
4. Animal.java faylida quyidagi kod bor. javac Animal.java natijasi qanday?
class Dog { }public class Cat { }public class Cat faqat Cat.java faylida bo'lishi mumkin. Fayl nomi Animal.java bo'lgani uchun — kompilyatsiya xatosi.
5. Main klassidagi main metodida System.out.println(args[0]); yozilgan. Dastur java Main bilan, argumentsiz ishga tushirildi. Nima bo'ladi?
Argument bo'lmasa, args — bo'sh massiv (uzunligi 0). 0-indeksga murojaat — runtimeda ArrayIndexOutOfBoundsException. Kod esa kompilyatsiya bo'ladi.
6. java Main.java (bitta fayl rejimi) haqida qaysi gap to'g'ri?
Java 11 dan beri mavjud (JEP 330). Kod xotirada kompilyatsiya qilinadi va darhol ishga tushadi — diskka hech narsa yozilmaydi.
7. Bytecode haqida qaysi gap to'g'ri?
Bytecode — JVM uchun yozilgan oraliq kod. U platformaga bog'liq emas; platformaga bog'liq qism faqat JVM'ning o'zi.
Konspekt
“Konspekt” bo'limi.java→ javac →.class(bytecode) → JVM → OS- JDK ⊃ JRE ⊃ JVM; Java 11+ da alohida JRE yo’q
javac Fayl.java(fayl),java Klass(klass nomi),java Fayl.java(bitta fayl rejimi,.classyaratmaydi)main:public static void main(String[] args)—String...,String args[],final, modifierlar tartibi — hammasi mumkin- Noto’g’ri
main→ kompilyatsiya bo’ladi, runtimeda xato argshech qachonnullemas; argumentsiz →length == 0- Bitta faylda ko’pi bilan bitta
publicklass, nomi fayl nomiga teng
Keyingi dars: Paket, import, izohlar va nomlar