Stack va Heap
Qisqa javob: stack (stek) — har bir metod chaqiruvi uchun ochiladigan vaqtinchalik “daftar”, unda lokal o’zgaruvchilar turadi. Heap (uyum) — new bilan yaratilgan barcha obyektlar yashaydigan umumiy xotira. Stack’dagi o’zgaruvchi obyektning o’zini emas, unga havolani (reference) saqlaydi.
Hayotiy misol
“Hayotiy misol” bo'limiHeap — katta ombor: unda mebellar (obyektlar) turadi. Stack — sizning stol ustidagi qog’ozlaringiz: har bir topshiriq (metod) uchun yangi varaq olasiz, unga kichik narsalarni (sonlar) to’g’ridan-to’g’ri yozasiz, katta narsalar uchun esa faqat “ombor, 7-javon” deb manzil yozasiz. Topshiriq tugasa, varaq tashlanadi, lekin ombordagi mebel joyida qoladi.
Metod chaqirilganda xotirada nima bo’ladi?
“Metod chaqirilganda xotirada nima bo’ladi?” bo'limiQuyidagi kodni animatsiyada qatorma-qator kuzatamiz. Boshlash tugmasini bosing yoki qadamlarni bittalab o’ting (klaviatura: Space, ← →).
public class Main { public static void main(String[] args) { int x = 5; Point p = new Point(1, 2); move(p, x); reset(p); // p.x == ? x == ? }
static void move(Point q, int n) { q.x = q.x + n; n = 0; }
static void reset(Point q) { q = new Point(0, 0); }}
class Point { int x, y; Point(int x, int y) { this.x = x; this.y = y; }}Stack (stek)
“Stack (stek)” bo'limi- Har bir threadning o’z stack’i bor (concurrency 11-modulda).
- Har bir metod chaqiruvi — yangi frame. Unda: parametrlar, lokal o’zgaruvchilar, oraliq natijalar.
- Metod tugashi bilan frame o’chadi — tozalash avtomatik va juda tez. GC bu yerga aralashmaydi.
- Oxirgi kirgan — birinchi chiqadi (LIFO):
main→a()→b()bo’lsa, avvalbtugaydi. - Stack hajmi cheklangan. Cheksiz rekursiya →
StackOverflowError.
Heap (uyum)
“Heap (uyum)” bo'liminewbilan yaratilgan barcha obyektlar va massivlar shu yerda.- Obyektning maydonlari (fields) ham obyekt bilan birga heap’da turadi — hatto
intbo’lsa ham. - Barcha thread’lar uchun umumiy.
- Obyekt kerak bo’lmay qolganda uni Garbage Collector tozalaydi — keyingi dars.
- Joy tugasa →
OutOfMemoryError.
| Stack | Heap | |
|---|---|---|
| Nima saqlanadi | Lokal o’zgaruvchilar, parametrlar | Obyektlar, massivlar, ularning maydonlari |
| Kimga tegishli | Har bir thread’ga alohida | Hamma thread’larga umumiy |
| Qachon tozalanadi | Metod tugashi bilan | GC qachon kerak deb topsa |
| To’lib ketsa | StackOverflowError |
OutOfMemoryError |
Primitiv va reference o’zgaruvchilar
“Primitiv va reference o’zgaruvchilar” bo'limi8 ta primitiv tur: byte, short, int, long, float, double, char, boolean.
int a = 10;int b = a; // qiymat nusxalandib = 20;// a == 10, b == 20 — bir-biriga bog'liq emasO’zgaruvchida qiymatning o’zi turadi.
Qolgan hamma narsa: String, massivlar, siz yozgan klasslar…
int[] a = {1, 2, 3};int[] b = a; // havola nusxalandi — obyekt bitta!b[0] = 99;// a[0] == 99O’zgaruvchida obyektga havola turadi (yoki null).
Java har doim pass-by-value
“Java har doim pass-by-value” bo'limiMetodga argument berilganda har doim nusxa beriladi:
- primitiv bo’lsa — qiymatning nusxasi;
- reference bo’lsa — havolaning nusxasi (obyekt nusxalanmaydi!).
Shuning uchun metod ichida:
| Amal | Chaqiruvchi tomonda ko’rinadimi? |
|---|---|
Primitiv parametrga yangi qiymat berish (n = 0) |
❌ Yo’q |
Obyekt maydonini o’zgartirish (q.x = 6, list.add(..)) |
✅ Ha — obyekt bitta |
Parametrga yangi obyekt berish (q = new Point(..)) |
❌ Yo’q — faqat nusxa-strelka buriladi |
📝 Mini-test
0 / 71. Kod nima chiqaradi?
public class Test { static void change(int n) { n = n * 2; } public static void main(String[] args) { int x = 10; change(x); System.out.println(x); }}change ga x ning nusxasi berildi. n = n * 2 faqat nusxani o'zgartiradi, x esa 10 bo'lib qoladi.
2. Kod nima chiqaradi?
public class Test { static void f(Box b) { b.v = 7; b = new Box(); b.v = 9; } public static void main(String[] args) { Box box = new Box(); f(box); System.out.println(box.v); }}class Box { int v; }b.v = 7 — asl obyekt o'zgardi. b = new Box() dan keyin b boshqa obyektga qaraydi, b.v = 9 o'sha yangi obyektga tegishli. box hamon asl obyektda — 7.
3. Kod nima chiqaradi?
public class Test { static void add(String s, StringBuilder sb) { s = s + "!"; sb.append("!"); } public static void main(String[] args) { String s = "Hi"; StringBuilder sb = new StringBuilder("Hi"); add(s, sb); System.out.println(s + " " + sb); }}String immutable: s + "!" yangi obyekt, faqat lokal havola unga burildi. append esa o'sha StringBuilder obyektini o'zgartirdi. Natija: Hi Hi!.
4. Quyidagi gaplardan qaysilari to'g'ri? (2 ta javobni tanlang)
Maydonlar obyekt bilan birga heap'da. Har bir thread'ning o'z stack'i bor. Har qanday metod chaqiruvi — static bo'lsa ham — frame ochadi.
5. Kod natijasi qanday?
public class Test { static int count(int n) { return count(n + 1); } public static void main(String[] args) { System.out.println(count(0)); }}Kod kompilyatsiya bo'ladi. Har bir chaqiruv yangi frame ochadi, stack to'lgach JVM StackOverflowError (bu Error, Exception emas) tashlaydi.
6. Kod natijasi qanday?
public class Test { int a; public static void main(String[] args) { int b; Test t = new Test(); System.out.println(t.a); System.out.println(b); }}a — maydon, default 0 oladi. b — lokal, default qiymati yo'q; uni o'qish — variable b might not have been initialized kompilyatsiya xatosi.
7. Kod nima chiqaradi?
public class Test { public static void main(String[] args) { String[] arr = new String[3]; System.out.println(arr[1]); }}Massiv elementlari default qiymat oladi; reference tur uchun bu null. println(null String) — null deb chiqaradi, NPE emas (biz null ustida metod chaqirmadik).
Konspekt
“Konspekt” bo'limi- Stack — har bir thread uchun alohida; har bir metod chaqiruvi = yangi frame; metod tugasa frame o’chadi
- Heap — barcha obyektlar va massivlar (maydonlari bilan birga); umumiy; GC tozalaydi
- Primitiv o’zgaruvchida — qiymat, reference o’zgaruvchida — havola
- Java har doim pass-by-value: obyekt maydonini o’zgartirish ko’rinadi, parametrni boshqa obyektga burish — ko’rinmaydi
- Maydon va massiv elementlari default qiymat oladi, lokal o’zgaruvchilar olmaydi (compile error)
- Cheksiz rekursiya → runtime’da
StackOverflowError(Error,Exceptionemas)