Asosiy qismga o'tish

Shu sahifaJava Pro

0to'g'ri javob
0takrorlash kerak
—aniqlik

Paket, import, izohlar va nomlar

☕ Java 8+1Z0-8301Z0-8291Z0-819#package#import#identifikator

Qisqa javob: package (paket) — klasslarni papkalarga ajratish, xuddi kompyuterdagi papkalar kabi. import — boshqa paketdagi klassni har safar to’liq nomi bilan yozmaslik uchun “qisqa nom” berish. Bu dars — kodning eng tashqi qoidalari: fayl qanday tartibda yoziladi, nomlar qanday bo’ladi, izohlar qanday yoziladi. Spring’da IDE bularni o’zi qiladi, imtihonda esa qog’ozda tekshirasiz.

Toshkentda ikkita “Alisher” bor: biri Chilonzorda, biri Yunusobodda. Kimnidir chaqirganda shunchaki “Alisher!” desangiz — qaysi biri? Shuning uchun to’liq aytasiz: “Chilonzorlik Alisher”. Java’da ham ikkita Date bor: java.util.Date va java.sql.Date. Paket — “qaysi tumandan”, import — “bugun men aynan shu Alisherni nazarda tutyapman” degan kelishuv.

src/uz/jpro/Hisob.java
package uz.jpro; // 1. paket — bo'lsa, ENG BIRINCHI
import java.util.List; // 2. importlar
import java.time.LocalDate;
public class Hisob { // 3. klass(lar)
List<String> yozuvlar;
LocalDate sana;
}

Tartib qat’iy: package → import → klass. Izohlar istalgan joyda tura oladi.

Paket nomi papkaga mos keladi: uz.jpro.Hisob → uz/jpro/Hisob.java. Odatda domen teskari yoziladi: java-pro.uz → uz.jpro.

import java.util.List; // bitta klass
import java.util.*; // java.util dagi HAMMA klass
Yozuv Natija Nega
import java.util.*; ✅ paketdagi barcha klasslar
import java.util.*.*; ❌ kompilyatsiya xatosi * faqat oxirida, bitta
import java.util; ❌ paketni emas, klassni import qilish kerak
import java.util.*; keyin ConcurrentHashMap ❌ cannot find symbol * ichki paketlarni qamramaydi
import java.util.concurrent.*; ✅ ichki paket — alohida import

Import kerak bo’lmaydigan holatlar:

  • java.lang paketi — har doim avtomatik: String, Math, System, Integer…
  • bir xil paketdagi klasslar.

Ortiqcha yoki takroriy import — xato emas: import java.lang.System; yoki bir xil importni ikki marta yozish kompilyatsiya bo’ladi. Imtihonda “does not compile” ni tanlashga undaydi — tanlamang.

Ikkita Date — ziddiyat qayerda chiqadi?

“Ikkita Date — ziddiyat qayerda chiqadi?” bo'limi
Kod Natija
import java.util.*; + import java.sql.*;, keyin Date d; ❌ xato Date d; qatorida: reference to Date is ambiguous
import java.util.*; + import java.sql.*;, Date ishlatilmasa ✅ kompilyatsiya bo’ladi
import java.util.Date; + import java.sql.Date; ❌ xato import qatorida
import java.util.Date; + import java.sql.*;, keyin Date d; ✅ aniq import g’olib: java.util.Date

Statik metod va konstantalarni klass nomisiz ishlatish uchun:

StaticImport.java
import static java.lang.Math.max; // bitta statik a'zo
import static java.lang.Math.*; // hamma statik a'zolar
int katta = max(3, 7); // Math.max emas
double p = PI; // Math.PI
// bir qatorli izoh
/* ko'p qatorli
izoh */
/** Javadoc — hujjat uchun izoh */

O’zgaruvchi, metod va klass nomlari uchun qoidalar:

  1. Harf, $ yoki _ bilan boshlanadi — raqam bilan emas.
  2. Keyin harf, raqam, $, _ bo’lishi mumkin. Bo’shliq, -, . — yo’q.
  3. Java’ning band so’zlari bo’la olmaydi.
  4. Katta-kichik harf farqlanadi: ism va Ism — boshqa-boshqa.
Nom Natija Izoh
summa, _ichki, $narx, a$ ✅
__ (ikki pastki chiziq) ✅
_ (yolg’iz) ❌ Java 9 dan beri band; Java 21 da faqat preview rejimida maxsus ma’noga ega
3dNuqta ❌ raqam bilan boshlangan
mening-ism ❌ tire
class, int, goto, const ❌ band so’zlar (goto, const ishlatilmasa ham band)
true, false, null ❌ literal’lar
var, record, yield, sealed ✅ o’zgaruvchi nomi sifatida maxsus so’zlar, kalit so’z emas (var)
Class, String ✅ klass nomlari — band emas (lekin chalkashtiradi)

Bir qatorda bir nechta o’zgaruvchi

“Bir qatorda bir nechta o’zgaruvchi” bo'limi
int i, j; // ✅
int x = 1, y = 2; // ✅
boolean a, b = true; // ✅ — faqat b ga qiymat berildi, a qiymatsiz!

Paketli klassni kompilyatsiya qilish va ishga tushirish

“Paketli klassni kompilyatsiya qilish va ishga tushirish” bo'limi
Terminal window
javac -d out src/uz/jpro/Salom.java # -d: .class fayllar qayerga yozilsin (papkalar o'zi yaratiladi)
java -cp out uz.jpro.Salom # -cp: klasslarni qayerdan qidirsin; klass — TO'LIQ nomi bilan
  • -cp, -classpath, --class-path — uchalasi bir xil.
  • Bir nechta joy: Windows’da ; bilan (-cp "out;lib\a.jar"), Linux/Mac’da : bilan (-cp "out:lib/a.jar").
  • java -cp out Salom — paketsiz nom bilan — ClassNotFoundException: klass uz.jpro.Salom deb ataladi.

📝 Mini-test

0 / 7

1. Kod natijasi qanday?

1: import java.util.*;
2: import java.sql.*;
3: public class Report {
4: Date created;
5: }

2. Kod natijasi qanday?

import java.util.*;
public class Cache {
ConcurrentHashMap<String, String> map;
}

3. Qaysi ikkitasi to'g'ri identifikator? (Choose two) (2 ta javobni tanlang)

4. Qaysi qator kompilyatsiya bo'ladi?

5. Qaysi import kompilyatsiya bo'ladi?

6. Kod natijasi qanday?

public class Note {
/* asosiy /* qo'shimcha */ izoh */
public static void main(String[] a) { System.out.print("ok"); }
}

7. src/uz/jpro/App.java faylida package uz.jpro; bor. javac -d out src/uz/jpro/App.java dan keyin qaysi buyruq ishlaydi?

  • Fayl tartibi: package → import → klass; buzilsa — kompilyatsiya xatosi
  • import paket.* — faqat shu paket, ichki paketlar alohida; java.lang avtomatik
  • Ortiqcha/takroriy import — xato emas
  • Ikkita wildcard ziddiyati — xato ishlatilgan joyda; ikkita aniq import — import qatorida; aniq import wildcard’dan ustun
  • import static Klass.a'zo; yoki import static Klass.*;
  • Izoh ichida /* */ izoh yo’q
  • Nom: harf/$/_ bilan boshlanadi; yolg’iz _, band so’zlar (goto, const), true/false/null — yo’q; var, record — mumkin
  • Bitta gapda bitta tur: int a, b; ✅, int a, String b; ❌
  • javac -d out ..., java -cp out paket.Klass; ajratuvchi Windows’da ;, Unix’da :

1. Xatoni toping. Har bir faylda kompilyatsiya xatosi bormi? Bo’lsa — qaysi qatorda?

A.java
import java.util.List;
import java.awt.List;
public class A { }
// B.java
import java.util.Date;
import java.sql.*;
public class B { Date d = new Date(); }
Javob
  • A.java — 2-qatorda xato: ikkita aniq import bir xil List nomi bilan.
  • B.java — xato yo’q: aniq import (java.util.Date) wildcard’dan ustun.

2. Kompilyatsiya qiling. uz.jpro.app paketida Main klassini yarating, uni build papkasiga kompilyatsiya qilib, ishga tushiring. Qanday ikki buyruq kerak?

Javob
Terminal window
javac -d build src/uz/jpro/app/Main.java
java -cp build uz.jpro.app.Main

Faylning birinchi qatori: package uz.jpro.app;

Oldingi dars: Java qanday ishlaydi · Keyingi modul: Xotira: Stack, Heap, GC

Progress faqat shu brauzerda saqlanadi.