Asosiy qismga o'tish

Shu sahifaJava Pro

0to'g'ri javob
0takrorlash kerak
—aniqlik

Text block (""")

☕ Java 15+1Z0-8301Z0-829#text block#String

Qisqa javob: text block — uchta qo’shtirnoq (""") orasidagi ko’p qatorli String literali. Unda \n va + larsiz matnni xuddi ko’rinishidagidek yozasiz. Natija — oddiy String: hamma metodlar ishlaydi va u String Pool’ga ham tushadi.

Oddiy satr bilan she’r yozish — har qator oxirida “yangi qator” deb yozib chiqish kabi. Text block — qog’ozga she’rni shunchaki ko’chirib yozish: qatorlar qanday tursa, shunday qoladi.

Oldin.java
String html = "<p>\n" +
" Salom\n" +
"</p>\n";
Keyin.java
String html = """
<p>
Salom
</p>
""";

Ikkalasi aynan bir xil satr: "<p>\n Salom\n</p>\n".

1. Ochuvchi """ dan keyin darhol yangi qator. Matn keyingi qatordan boshlanadi.

2. Umumiy chekinish olib tashlanadi. Java barcha qatorlarning (yopuvchi """ qatorini ham hisobga olib) eng kichik chap bo’shlig’ini topadi va shuncha bo’shliqni har qatordan kesadi. Qolgan ichki chekinish saqlanadi.

String a = """
x
y
""";
// "x\n y\n" — umumiy 8 bo'shliq kesildi, y oldidagi 2 ta qoldi

Yopuvchi """ ni chaproqqa qo’ysangiz, u chekinishni belgilaydi va qatorlar oldida bo’shliq qoladi:

String b = """
x
""";
// " x\n" — yopuvchi 5 bo'shliqda, x 8 da: 3 ta bo'shliq qoldi

3. Yopuvchi """ qayerda — oxirgi \n shunga bog’liq.

Yozuv Natija Uzunlik
""" alohida qatorda "Salom\nDunyo\n" 12
Dunyo""" — matn bilan bir qatorda "Salom\nDunyo" 11
Yozuv Ma’nosi
" va "" oddiy qo’shtirnoq — escape kerak emas
\""" uchta qo’shtirnoq matn ichida
\n, \t yangi qator, tab — oddiy satrdagi kabi
\ (qator oxirida) qatorni ulaydi — bu yerda \n qo’yilmaydi
\s bitta bo’shliq; qator oxiridagi bo’shliqni saqlab qolish uchun
Escape.java
String e = """
bir \
qator""";
// "bir qator" — \ qatorlarni uladi
String d = """
oxirida···
bo'sh\s
""";
// "oxirida\nbo'sh \n" — oddiy oxirgi bo'shliqlar o'chadi, \s qoladi

(Yuqorida · — ko’rinmas bo’shliq belgisi o’rnida.)

formatted() — qiymat qo’yish

“formatted() — qiymat qo’yish” bo'limi

Text block — oddiy String, shuning uchun formatted() (15+) bilan qiymat qo’yish qulay:

Shablon.java
String xat = """
Hurmatli %s!
Sizning ballingiz: %d
""".formatted("Ali", 92);

%s — matn, %d — butun son, %.2f — kasr (2 xona). Formatlash batafsil 13-modulda.

📝 Mini-test

0 / 5

1. Kod nima chiqaradi?

String s = """
ab
cd""";
System.out.println(s.length());

2. Kod nima chiqaradi?

String s = """
ab
cd
""";
System.out.println(s.length());

3. Qaysi yozuv kompilyatsiya xatosi beradi?

4. Kod nima chiqaradi?

String s = """
one \
two""";
System.out.println(s);

5. Text block haqida qaysi ikkitasi to'g'ri? (Choose two) (2 ta javobni tanlang)

  • Text block (15+): """ + yangi qator, … , """; natija — oddiy String
  • Bir qatorda yozib bo’lmaydi: """abc""" — kompilyatsiya xatosi
  • Umumiy chap chekinish (yopuvchi """ ham hisobga olinadi) kesiladi, ichki chekinish qoladi
  • Yopuvchi """ alohida qatorda — oxirida \n bor; matn bilan bir qatorda — yo’q
  • Qator oxiridagi bo’shliqlar o’chadi; \s — saqlab qoladi; \ — qatorni ulaydi
  • " erkin; uchtasi uchun \"""
  • formatted(...) bilan shablon

1. Uzunlikni toping. Har bir satrning uzunligi nechta? Keyin length() bilan tekshiring.

String a = """
Hi
""";
String b = """
Hi""";
String c = """
Hi
""";
Javob
  • a — "Hi\n": 3
  • b — "Hi": 2
  • c — " Hi\n": 5 (yopuvchi """ 8 bo’shliqda, Hi 10 da: 2 ta bo’shliq qoladi)

2. JSON shablon. Ism va yoshni qabul qilib, quyidagi JSON’ni qaytaradigan metodni text block va formatted bilan yozing:

{
"ism": "Ali",
"yosh": 20
}
Yechim
Json.java
static String json(String ism, int yosh) {
return """
{
"ism": "%s",
"yosh": %d
}""".formatted(ism, yosh);
}

Qo’shtirnoqlar escape qilinmadi. Yopuvchi """ } bilan bir qatorda — oxirida yangi qator yo’q.

Oldingi dars: StringBuilder

Progress faqat shu brauzerda saqlanadi.